Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Snos»ga zarurat yo‘q: Shanxayda ko‘hna imorat o‘z oyoqlari bilan joyni bo‘shatib qo‘ydi (video)

«Snos»ga zarurat yo‘q: Shanxayda ko‘hna imorat o‘z oyoqlari bilan joyni bo‘shatib qo‘ydi (video)

Foto: «Medialeaks.ru»

Shanxaylik muhandislar ko‘hna imoratni yangi joyga ko‘chirib o‘tkazishning noodatiy usulini o‘ylab topishdi, deya xabar berdi «South China Morning Post».

Bino 1935-yilda qurilgan bo‘lib, uzoq yillar davomida maktab vazifasini o‘tagan. Yaqinda hukumat yerni yangi savdo markaziga berishga qaror qildi. Ko‘hna imorat tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgani uchun uni shunchaki buzib tashlab bo‘lmasdi. Shu bois uni boshqa joyga ko‘chirishga ahd qilishdi.

«Binoni ko‘chirish» butun dunyoda keng tarqalgan amaliyot bo‘lib, odatda buning uchun maxsus tutqichlar, platforma va relslar ishlatiladi. Biroq imoratning o‘zgacha shakli tufayli bu usul to‘g‘ri kelmadi.

Shunda muhandislar 198 ta gidravlik tayanch — robotlashtirilgan «oyoq»larni yaratishdi. Ishchilar binoni ko‘tarib, unga «oyoqlar»ni o‘rnatishdi. Shundan so‘ng uning o‘zi manzil sari «qadam tashlay» boshladi. Gidravlik tayanchning sharofati bilan ishchilar imoratni 20 daraja burishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bino allaqachon yangi joyga ko‘chirib o‘tkazilgan. U yerda yangi madaniyat markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring