Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadqiqotchilar smartfonda devor ortini ko‘rishdi

Tadqiqotchilar smartfonda devor ortini ko‘rishdi

Foto: «Rg.ru»

Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetining Yanszi Chju boshchiligidagi olimlari oddiy smartfon va dasturiy ta’minotdan foydalanib, simsiz internet radiosignallari yordamida uyni qanday kuzatish mumkinligini namoyish etishdi.

Ilgarigi — WiFi-routerni nazoratga olish yoki maxsus antennalar kerak bo‘ladigan tadqiqotlardan farqli o‘laroq, santa-barbaralik olimlarga WiFi-signallarning kuchini aniqlashning o‘zi kifoya qildi.

Devorlar, derazalar, eshiklar va odamlarning o‘zi radiosignallarni qaytarishi sababli, xona ichida nima bo‘layotganini aniq tasvirlash qiyin, biroq baribir, masalan, odamning qayerda ekanligini taxminan bilib olsa bo‘ladi.

«Xonadagi odam(lar) harakatlanyaptimi, o‘rnidan turdimi yo o‘tirdimi, eshikni ochyaptimi — buni aniqlash qiyinmas. Agar ixtiyoringizda uyning plani bo‘lsa, bu ma’lumotni unda aks ettirish mumkin», — deb xabar beradi jurnalist Yan Dyonges «Handelsblatt» uchun yozgan maqolasida.

«To‘g‘ri, buning uchun «josus» router qayerda joylashganini aniqlab olishi kerak», — ta’kidlaydi Dyonges. Buning uchun uy oldidan mobil telefon (...) bilan bir necha marta o‘tilsa kifoya. Uyda routerlar soning ko‘p bo‘lishi josuslik tizimining foydasiga ishlaydi».

Josuslikning bu turiga qarshi turib bera oluvchi real mexanizmlar sanoqligina. Shulardan eng ishonchilisi — Wi-Fi signallarini sun’iy so‘ndirgichlar, deyiladi maqolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring