Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» tarmog‘ida ommaviy uzilish ro‘y berdi

«Telegram» tarmog‘ida ommaviy uzilish ro‘y berdi

Foto: «Hi-News»

Dunyoning  ko‘plab mamlakatlarida «Telegram» ishlamay qoldi. Chamasi yarim soatcha avval ishdan chiqqan aloqa hamon qayta tiklangani yo‘q.

«Telegram» messejer faoliyati ishdan chiqqanini tasdiqladi.

«Bizning Yevropa, Yaqin Sharq va MDH mamlakatlaridagi foydalanuvchilarimiz tarmoqqa ulanishda muammolarga duch kelishmoqda», — deyiladi «Telegram»  xabarida. Servis uzilish sabablarini aniqlayotgani va tez orada muammoni bartaraf etishga harakat qilishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring