Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yosh ixtirochilar innovatsion haftaligi o‘tkaziladi

Toshkentda yosh ixtirochilar innovatsion haftaligi o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika Yosh olimlar kengashi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda mamlakatdagi yosh ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z g‘oya va loyihalarini amalga oshirishiga ko‘maklashish hamda xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida 7–12-may kunlari «InnoWeek» Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligi o‘tkazadi. Bu haqda «Innoweek.polito.uz» saytida xabar berildi.

«InnoWeek 2018» Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligi barcha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

  • Mexatronika va Robototexnika;
  • Axborot texnologiyalari (AT);
  • Arxitektura va dizayn.

«InnoWeek 2018» Respublika yosh ixtirochilarining innovatsion haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad:

  • Mexatronika va robototexnika, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn yo‘nalishlariga qiziquvchi, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlarni birlashtirish va sohalar integratsiyasini shakllantirish;
  • Haftalik doirasida mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan seminar-trening va master-klasslarda tegishli fan sohalari bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, yangi innovatsiyalar bilan tanishish;
  • Respublikamizdagi yosh olim hamda ixtirochilarning innovatsion g‘oya, loyiha va modellarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
  • Yoshlarga texnik va texnologik innovatsiyalarni yaratishda, nostandart muqobil yechim topish yo‘llarini o‘rgatish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring