Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi

Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetiga 32 yoshli Muzaffar Jalolov rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.

Muzaffar Jalolov bunga qadar «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi davlat unitar korxonasi direktorining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

U 1986-yili Toshkentda tug‘ilgan. 2007-yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. So‘ng Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistr unvonini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetining avvalgi rektori Sarvar Boboxo‘jayev xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring