Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«IKEA»ning mobil dasturi mebellarni uyga «joylashtirib» ko‘rish imkonini beradi

«IKEA»ning mobil dasturi mebellarni uyga «joylashtirib» ko‘rish imkonini beradi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«IKEA» kompaniyasi «Android» qurilmalari uchun qo‘shimcha reallikka ega mobil dastur yaratdi. Endilikda smartfon yordamida mebellarni xonaga «joylashtirish» mumkin, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Shkaf yoki divan — xonaga to‘g‘ri kelmaganligi uchun do‘konga qaytarib oborish mumkin bo‘lgan yengil buyumlar emas. Shunday ekan, «Android» uchun yangi dastur «IKEA Place» dasturi — ajoyib yangilik. U real vaqtda smartfon kamerasi orqali uning displeyida mebellarini joylashtiradi. Yangi muhitni joylashtirib ko‘rish uchun xonadan chiqish ham shart emas.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mobil dastur «IKEA» katalogida mavjud mebellardan yuqori aniqlikda va o‘lchamda foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Tasvirdagi divan xuddi haqiqiydek ko‘rinadi, hatto uning soyasi ham bo‘ladi. Predmetlar 3D-formatida mavjud bo‘lib, ularni aylantirish, yaqinlashtirish mumkin.

«Engadget»ning ma’lum qilishicha, dastur «Google ARCore» qo‘shimcha reallik platformasida yaratilgan bo‘lib, uni «Google Play»dan ko‘chirib olish mumkin. Ta’kidlash kerakki, uni asosan smartfonlarning flagman modellari «ko‘tara oladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring