Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile» abonentlariga firibgarlarning ommaviy hujumi kuzatilmoqda

«Uzmobile» abonentlariga firibgarlarning ommaviy hujumi kuzatilmoqda

Foto: «Ukrinform»

Firibgarlar «Uzmobile» milliy operatori abonentlarini qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar bilan bezor qilmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz».

«Hurmatli abonentlar! «Uzmobile» abonentlariga firibgarlik qo‘ng‘iroqlari paydo bo‘lgani munosabati bilan +882337111* yoki +881* prefiksli o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar va SMSlarga javob bermaslikni so‘raymiz. Shuningdek, SMS va qo‘ng‘iroqlarga ruxsat so‘rovchi mobil dasturlarni o‘rnatishda hushyor bo‘lishni so‘raymiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar firibgarlar kuniga 3 tadan 10 martagacha qo‘ng‘iroqni amalga oshirayotgani, telefonni olganda esa o‘sha zahoti uni qo‘yib qo‘yayotganini bildirgan.

«Bu firibgarlikning tanish ko‘rinishi. Ular siz shu raqamga qo‘ng‘iroq qilishingizni kutadi, juda uzoqda ro‘yxatdan o‘tgan va barcha pullariningizni sug‘urib oladi», — deya ogohlantirgan foydalanuvchilardan biri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring