Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uydan turib STIR (INN) olish yoki uni o‘zgartirish imkoni paydo bo‘ldi

Uydan turib STIR (INN) olish yoki uni o‘zgartirish imkoni paydo bo‘ldi

Foto: «Podrobno.uz»

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz)da jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki uning ma’lumotlarini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi murojati bo‘yicha identifikatsion raqamlarini aniqlab olishi, shuningdek STIR ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirishi mumkin. Murojaat yuborilganidan so‘ng STIR guvohnomasi elektron ko‘rinishda murojaatda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga taqdim etiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasi (yashash joyi ma’lumotlari bilan) kerak bo‘ladi.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchiga identifikatsion raqam (STIR) berish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish uchun soliq to‘lovchi jismoniy shaxs:

  1. Tegishli amalni tanlaydi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);
  2. Ariza shaklini elektron to‘ldiradi;
  3. Skanerlangan pasport nusxasini yuklaydi;
  4. Doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron arizani yuboradi.

Mazkur jarayondan so‘ng 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan oladi.

Endi familiya yoki shaxsiy pasport ma’lumotlarini o‘zgartirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari amaldagi STIR ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga tashrif buyurishlari talab etilmaydi. Uni my2.gov.uz orqali ko‘chaga chiqmasdan turib yoki o‘zlariga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘zgartirishlari mumkin.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring