Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«VOLT» — yo‘lda qolib ketgan elektromobillarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan dron

«VOLT» — yo‘lda qolib ketgan elektromobillarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan dron

Foto: «Hi-News»

Dizayner Ine Bak ovloq joylarda qolib ketgan elektromobillarni quvvatlash uchun xizmat qiladigan dronlar haqidagi g‘oyani o‘rtaga tashladi, deb xabar berdi «Hi-News».

Dronning «oyoqchalari» qimmatbaho avtomobilni tirnab qo‘ymasligi uchun yumshoq qilib ishlangan va unga o‘rnatilgan kamera hamda boshqa datchiklar to‘siqlararo ehtiyotkorlik bilan uchish imkoniyatini beradi. Dron ichiga akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida elektromobilni quvvatlantirish mumkin bo‘ladi.

«VOLT» nomini oluvchi servisdan foydalanish uchun maxsus mobil dasturning o‘zi kifoya qiladi, shuningdek, dasturda dronlarning eng yaqin stansiyasi qayerda joylashgani ham ko‘rsatib turiladi. Bitta tugmani bosish orqali dronni chaqirish mumkin — u GPS yordamida kerakli yo‘nalishni tanlab, qaysi avtomobil quvvatlantirishga «muhtoj» ekanligini aniqlaydi. O‘zi kelib quvvatlantiradi va keyin yana uchib ketadi. Xizmat uchun to‘lov ham aynan o‘sha dastur yordamida amalga oshiriladi.

Biroq bu hozirda shunchaki g‘oyaligicha qolmoqda, uni kundalik hayotga tadbiq etish uchun sarmoyadorlar va kuchli mutaxassislar kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring