Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» smartfonlar uchun yechiladigan panorama kamerani taqdim etdi

«Xiaomi» smartfonlar uchun yechiladigan panorama kamerani taqdim etdi

Foto: «GizMod.Ru»

Xitoyning «Xiaomi» kompaniyasi smartfon va fabletlarda foydalanishga mo‘ljallangan «yechiladigan» panorama kamerani taqdim etdi, deb xabar berdi «ITNews».

Qurilmaning funksiyalari orasida «USB TYPE-C» ulagichi mavjud bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi kamerani o‘z mobil telefoniga mos keladigan portga ulashi mumkin.

Kamera ikkita 13 megapikselli modulga ega bo‘lib, ular bir-biriga qarama-qarshidir. Maksimal diagfragmasi — f/1,8 ga teng. Optik bloklarning har biri 960x1920 piksellga teng bo‘lib, soniyasiga 30 ta kadrni olishga qodir.

Bundan tashqari, ushbu qurilma 5K formatida panorama suratini yaratishga o‘rgatilgan, yani 2688x5276 piksellgacha.

Qurilma savdoga 60 dollardan chiqishi kutilmoqda, biroq hozircha relizining rasmiy sanasi ma’lum qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring