Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» yana bir hamyonbop smartfonini rasman taqdim qildi

«Xiaomi» yana bir hamyonbop smartfonini rasman taqdim qildi

Foto: «NV.ua»

Xitoyda «Xiaomi» kompaniyasining «Redmi 6 Pro» smartfoni rasman taqdim etildi, deb xabar berdi «Nv.ua».

«Xiaomi» ilk bor o‘zining hamyonbop – «Redmi» turkumidagi smartfonga «kemtik»li ekran o‘rnatdi. «Redmi 6 Pro» displeyining o‘lchami diagonaliga 5,84 dyuymni tashkil etadi, tasvir aniqligi esa 2280x1080 pikselga teng.

Yangi smartfonda «Snapdragon 625» protsessori hamda modifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan. Qurilmaning doimiy xotirasi esa 32 va 64 gigabaytlik talqinlarda chiqarilmoqda. «Redmi 6 Pro» xotirasini MicroSD-karta yordamida yana 256 gigabaytgacha oshirish imkoni bor. Asosiy jihati, MicroSD avvalgi qurilmalar kabi ikkita SIM-kartadan biri o‘rniga emas, balki ular yonidagi alohida joyga joylanadi.

Sun’iy intellektga ega bosh kamera modullari 12 va 5 megapikselli bo‘lib, u tungi rejim hamda orqa foni xiralashtirilgan portret rejimini qo‘llay oladi.

Selfilar uchun mo‘ljallangan 5 megapikselli kamera esa foydalanuvchi yuzini tanish funksiyasi bilan boyitilgan.

«Redmi 6 Pro» korpusining o‘lchamlari 149,3,x71,7x8,75 millimetrni, vazni esa 178 grammni tashkil etadi. 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ega.

Smartfon qizil, pushti, tillarang, moviy va qora tusli korpuslarda savdoga chiqariladi. Uning 3/32 GB hajmli xotiraga ega talqini 155 dollar, 4/32 gigabaytligi 185 dollar, 4/64 gigabaytligi esa 200 dollardan sotuvga qo‘yiladi.

Ushbu smartfonning Xitoydagi savdosi 2018 yilning 26 iyunidan boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring