Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyning «sun’iy Quyoshi» hademay porlay boshlaydi (foto)

Xitoyning «sun’iy Quyoshi» hademay porlay boshlaydi (foto)

Foto: «Chinanews.com»

Xitoy fiziklari termoyadro sinteziga mo‘ljallangan sinov reaktorini yaratishni tugallash arafasida turishibdi. Bu haqda «Asia Times» yozmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, bu qurilma yordamida xitoylik olimlar haqiqiysiga ancha yaqinlashgan termoyadroviy reaksiya sodir etishmoqchi. Bu esa ishonchli, arzon va tuganmas energiya manbai, demak.

Foto: «Xinhua»

Xitoy milliy yadro korporatsiyasi rahbari Duan Suruning ta’kidlashicha, olimlar shu yildanoq energiya olishning «sanoat ko‘lami»ga chiqishni rejalashtirishgan.

Foto: «Xinhua»

Ma’lumotlarga ko‘ra, shunga o‘xshash sinov reaktori ilk marotaba 90-yillarning o‘rtalarida sinab ko‘rilgan bo‘lib, o‘shandan beri texnologiya takomillashtirib kelinyapti. Olimlarning ta’kidlashicha, termoyadro reaktorining «ishchi» harorati 105 million darajadan kam bo‘lmaydi.

Foto: «Xinhua»

Tadqiqotchilarning maqsadi — plazma impulsini bir ming soniyaga yetkazish. Shu natija qayd etilsa, reaktorlarga nafaqat sanoat korxonalarini, balki butun boshli shaharlarni ham ulash mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, xitoyliklar «sun’iy Oy» yaratish ishlarini ham davom ettirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring