Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy kapitalga ega 141 ta kompaniya IT-park rezidentiga aylandi

Xorijiy kapitalga ega 141 ta kompaniya IT-park rezidentiga aylandi

2022-yilning 9 oyi davomida 473 ta kompaniya IT-park rezidentiga aylandi, ulardan 141 tasi xorijiy kapitalga ega kompaniyalardir.

Umuman olganda IT-park rezident kompaniyalari soni bugungi kunga qadar 996 taga yetib, yil boshidan buyon 190 foiz o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi! Shu bilan birga, 736 ta kompaniya Toshkentda, 260 tasi esa viloyatlarda joylashdi.

996 ta rezident kompaniyalardan:

  • 333 tasi – yangi ochilgan kompaniyalar;
  • 142 tasi – xorijiy kapitalga ega kompaniyalar;
  • 186 tasi – ta’lim kompaniyalari;
  • 291 tasi – eksportyor-kompaniyalar, ulardan: 150 tasi – dasturchi-kompaniyalar va 141 tasi – BPO kompaniyalari.

Qayd etilishicha, taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli IT-park rezidentlari tomonidan qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar soni ko‘paymoqda.

Shunday qilib, rezident kompaniyalarda 14590 kishi faoliyat yuritadi. E’tiborlisi, ularda o‘tgan yilning shu davridagi xodimlar soni 8640 nafarni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring