Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yandeks» o‘z smartfonini chiqaradi

«Yandeks» o‘z smartfonini chiqaradi

Foto: «Apple-iPhone.ru»

«Yandeks» kompaniyasi Rossiya hududida o‘z smartfonlarini chiqarishga ruxsat oldi. «Life.ru» yozishicha, bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar bergan.

Ma’lumotlarga qaraganda, yangi qurilma «Yandeks. Telefon» degan nomni oladi.

Yana bir ma’lumot: Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan «Yandex Services» AG hujjatlarda mazkur tovarni ishlab chiqaruvchi deya ko‘rsatilgan.

Shu yilning may oyi oxirlarida kompaniya «Yandeks. Stansiya» deb nomlangan, «Alisa» ovozli yordamisi bilan ishlovchi kolonkasini chiqargandi. Bu qurilma musiqa tinglash imkonini taqdim etish bilan birga foydalanuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring