Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Zelandiyada elektrodvigatelli aerotaksi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Yangi Zelandiyada elektrodvigatelli aerotaksi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto: «Ucell»

«Google» asoschisi hamda «Alphabet» rahbari Larri Peyjga tegishli «Kitty Hawk» kompaniyasi Yangi Zelandiyaning Kristachrch shahri yaqinida o‘zining elektr energiyasida harakatlanuvchi uchar qurilmasini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Kaliforniya startapi Yangi Zelandiya hukumati sinov uchun kerakli imkoniyatlarni yaratib bergani sabab mazkur mamlakatni tanladi.

«Cora» nomini olgan uchar kema aslida ikki o‘rindiqli aerotaksi hisoblanadi va u elektrodvgatellar bilan jihozlangan. U vertikal ravishda uchishi hamda qo‘nishi mumkin. Bir marta quvvatlanish orqali aerotaksi 100 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir, maksimal tezligi esa soatiga 180 kilometrni tashkil etadi.

Ushbu qurilma o‘zini o‘zi boshqaruvchi dasturiy ta’minotga ega bo‘lib, u inson nazorati ostida ishlaydi. Bundan maqsad — maxsus bilimga ega bo‘lmagan insonlar ham undan foydalana olishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring