Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponlar «o‘zini o‘zi qayta tiklashga qodir oyna»ni yaratdi

Yaponlar «o‘zini o‘zi qayta tiklashga qodir oyna»ni yaratdi

Foto: «Emaze»

Professor Takuzo Ayda boshchiligidagi Tokio universiteti olimlari dunyoda birinchi bor «o‘zini o‘zi qayta tiklashga qodir oyna»ni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, xabar berdi «Daily Tech Info».

Ushbu «oyna» agarda sinib qolsa, uni yana birlashtirish, xona haroratida bir necha soat bosim ostida uning dastlabki strukturasi va mexanik mustahkamligini mutlaq qayta tiklash mumkin.

O‘zini o‘zi qayta tiklashga qodir oyna tarkibining asosini tiokarbamid poliefiri tashkil etadi. U tashqi yuzasi silliq va shaffof bo‘lgan qattiq polimer materialdir. Ushbu material sanoatda boshqa polimerlarni olishda xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, u «molekulyar kraxmal» deb ham ataladi va biologik kelib chiqishi yuzasidagi organik molekulalarini saqlab qolish xususiyatiga ega.

Yapon tadqiqotchilari tiokarbamid poliefiriga o‘xshash ko‘plab materiallarni sintez qilib ko‘rdi. Aniqlanishicha, o‘zini o‘zi qayta tiklaydigan oyna qisqa polimer zanjirlariga nisbatan yuqori harakatga ega bo‘lishi, material strukturasi vodorod aloqalarining ta’minlanishiga xizmat qilishi kabi shartlarga rioya etmog‘i lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring