Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«YouTube» o‘zingizga bo‘lgan ishonchni haddan ortiq oshirib yuboradi

«YouTube» o‘zingizga bo‘lgan ishonchni haddan ortiq oshirib yuboradi

Foto: «ITC.ua»

«YouTube» va «Instagram» kabi ijtimoiy mediaplatformalar bizning axborot olishdagi imkoniyatlarimizni kengaytirib yubordi. Chikago universiteti xodimlari Maykl Kardas va Ed O‘Brayen video tomosha qilish biror yangilikni o‘rganishga rostdan ham yordam berish yoki bermasligini aniqlash maqsadida tajriba o‘tkazdi, deb xabar beradi «ITC.ua».

Tajribada 1003 nafar ishtirokchi uch guruhga bo‘linib qatnashdi. Ular stoldagi skatertni uning ustida turgan predmetlarni tushirib yubormasdan tortishlari lozim edi: birinchi guruh video tomosha qilgan, ikkinchisi, ushbu amalni bajarishga oid qo‘llanmani o‘qigan, uchinchisi esa — rejani o‘zlari tuzgan. Natijada 5 soniyali videoni 20 marotaba ko‘rgan ishtirokchilar yuqoridagi amalni hech qanday muammosiz bajarishlariga ishongan. Qolganlarda esa ishonchsizlik paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, tajriba davomida tadqiqotchilar ishtirokchilarga o‘quv videosini namoyish etib, darts o‘ynashni tavsiya qilgan. Videoni bir necha bor ko‘rganlar ko‘proq ball to‘plashlariga ishonchlari komil ekanligini va katta ehtimollik bilan nishonni zabt etishlarini ta’kidlashgan. Biroq keyin ma’lum bo‘lishicha, ularning taxminlar haqiqatga mos kelmagan: onlayn-mashqlar natijaga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, miya boshqa insonlar bajargan ishni ko‘zlar orqali ko‘rganida, uni bajarishda hech qanday qiyinchilik tug‘ilmasligiga ishonch tug‘diradi, biroq aslida uni amalga oshirish juda qiyin ish.

«Internet orqali turli video-maslahatlarga amal qilish, turli harakatlarni takrorlashda juda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Haddan ortiq o‘ziga bo‘lgan ishonch paydo bo‘lgani bilan, kutilgan natijaga erishilmasligi va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin», — deydi Kardas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring