Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

11 sentyabr teraktlari bo‘yicha sud 2028-yilda boshlanadi

11 sentyabr teraktlari bo‘yicha sud 2028-yilda boshlanadi

AQSh harbiy sudi 2001-yil 11-sentyabr teraktlarini tashkil etishda ayblanayotgan Xolid Shayx Muhammad va uning uch nafar gumonlanuvchi sherigi ustidan sud jarayonini 2028-yil 5-iyunga belgiladi.

Prokuratura sudni 2027-yil yanvarda boshlashni so‘ragan edi. Biroq sudya dastlabki sud muhokamalari, jumladan, qaysi dalillardan foydalanish mumkinligi bo‘yicha bahslarni hal qilish uchun ko‘proq vaqt zarurligini bildirgan.

Ishdagi asosiy bahsli masalalardan biri gumonlanuvchilardan qattiq so‘roq usullari va qiynoqlar qo‘llangan davrda olingan ma’lumotlarni sudda dalil sifatida ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi bilan bog‘liq. Bu masala yillar davomida sud jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘lib kelgan.

Xolid Shayx Muhammad 2003-yil 1-martda Pokistonda qo‘lga olingan va keyinchalik Guantanamo qamoqxonasiga o‘tkazilgan. U 11-sentyabr hujumlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni boshqarishda ayblanmoqda.

2025-yilda apellyatsiya sudi Muhammad va uning ikki sherigiga aybini tan olish evaziga o‘lim jazosidan qutulish imkonini beruvchi kelishuvni rad etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring