Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 million yillik fil qoldig‘i topildi

20 million yillik fil qoldig‘i topildi

Foto: «Haber7.com»

Eronning Erdebil viloyatida Miotsen geologiya davridan qolgan 20 million yillik fil suyagi topildi, deya xabar berdi «Haber7.com» nashri.

Erdebil viloyati atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi mudirining ma’lum qilishicha, Eronning shimoliy-g‘arbidagi Erdebil viloyatining Kavsar shahrida olib borilayotgan temir yo‘l qurilishi asnosida 20 million yillik 2 dona «Mastodon» fil suyagi qoldig‘i topilgan. Topilmalarning har biri 1 metr uzunlikda. 

«Mastodon» filga o‘xshagan hayvon bo‘lib, bundan 5,33 million yil avval yashagan. Keyinchalik uning nasli tugab ketgan. 

Dastlab «Mastodon»lar 40 million yil avval Shimoliy Afrikada yashagan. Keyinchalik Eron tomonlarga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring