Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ko‘paydi (foto)

Afg‘onistonda kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ko‘paydi (foto)

Foto: «AFP 2020»

Afg‘oniston g‘arbida G‘or viloyati Firozkox shahrida politsiya idorasidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotiga tayanib «Tolo News» telekanali xabar berdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida o‘n kishi halok bo‘lgani va 20 kishi jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mahalliy politsiya vakilining 1TV telekanaliga ma’lum qilishicha, portlashga minalashtirilgan avtomobil sabab bo‘lgan.

Shu paytgacha mamlakatdagi birorta ham tashkilot javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring