Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda navbatdagi portlash

Afg‘onistonda navbatdagi portlash

Foto: «Haber7»

Afg‘onistonning G‘azna viloyati Mukur tumanida bomba ortilgan mashinaning portlashi oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 26 kishi yaralandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

G‘azna viloyati hokimligi mutasaddisi Orif Nuriyning aytishicha, qo‘poruvchi bomba ortilgan mashina bilan Mukur tumani hokimligiga bostirib kirayotgan paytda mashina portlab ketgan. Besh nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 26 kishi yaralangan.

Bu voqea uchun javobgarlikni hanuz hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani shu yil 20-iyungacha «Tolibon» bilan sulh tuzilganini ma’lum qilgan edi.

«Tolibon» esa ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh tuzilganini aytgan.

Afg‘oniston hukumatining sulhi kechadan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring