Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda «Tolibon» hujumiga uchragan vertolyot halokatga uchradi

Afg‘onistonda «Tolibon» hujumiga uchragan vertolyot halokatga uchradi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘oniston shimolida vertolyotning qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Voqea Farah viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat hokimi Xoki Safed Muhammad Navro‘ziyning aytishicha, «Tolibon» jangarilarining hujumi sababli vertolyot tezkor qo‘nishga majbur bo‘lgan va avariyaga uchragan.

Vertolyot bortidagi barcha – to‘rt yo‘lovchi va uchuvchi halok bo‘lgan.

Viloyat hokimligi vakili Nosir Mahriyning aniqlik kiritishicha, vertolyot «Tolibon» hujumi oqibatida emas, texnik nosozlik tufayli halokatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring