Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda harbiy vertolyot halokati tufayli 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda harbiy vertolyot halokati tufayli 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘onistonda harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Vertolyot bortida kamida 20 kishi, shu jumladan, davlat xizmatchilari ham bo‘lgan.

Mamlakat Qurolli Kuchlari vakili Najibulloh Najibiyning ma’lum qilishicha, halokatda hech kim omon qolmagan.

Hodisa 31 oktyabr kuni Anor Dara shahrida sodir bo‘lgan. Anor Daraga borgan ikki vertolyotdan biri halokatga uchragan. Halokatga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring