Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda yana hujum: 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yana hujum: 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Haber7.com»

Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida «Tolibon» jangarilari harbiy qismga uyushtirgan hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

9-Shohin qo‘mondonligi mutasaddisi Muhamad Hanif Rizoning aytishicha, jangarilar Dashti Archi tumanidagi harbiy qismga hujum qilgan.

Hujum oqibatida 15 harbiy halok bo‘lgan, 13 nafari tan jarohati olgan. Harbiy qism qisqa muddat jangarilar nazoratida bo‘lgan. Keyin yana qaytarib olingan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar hujum oqibatida 30 dan ziyod harbiyning halok bo‘lganini aytishmoqda.

«Tolibon» to‘qnashuvda 72 harbiy halok bo‘lganini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring