Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afrika ittifoqi Sudanga tahdid qildi

Afrika ittifoqi Sudanga tahdid qildi

Foto: «Sputnik»

Afrika ittifoqining Xavfsizlik kengashi Sudan armiyasiga 15 kun ichida hukumatni xalqqa topshirish talabini qo‘ydi. Agarda mamlakat bu talabni bajarmasa Afrika ittifoqi a’zoligidan mahrum etiladi, deb xabar berdi «RFI Kiswahili».


Mavzuga oid: Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirdi


Nashr ma’lumotiga ko‘ra, armiya bosh shtabi atrofidagi isyonlar davom etmoqda, sudanliklar fuqarolik hukumatini shakllantirishni talab qilishmoqda.

Ma’lumot uchun: Afrika ittifoqi — qit’aning 55 mamlakati a’zo hukumatlararo tashkilot. Afrika birdamlik tashkiloti o‘rniga 2002-yilning 9-iyulida asos solingan. Shtab-kvartirasi Addes-Abeba (Efiopiya)da joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring