Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikaning yirik mamlakati elektr tokisiz qoldi

Afrikaning yirik mamlakati elektr tokisiz qoldi

Sharqiy Afrikada joylashgan Keniyada yuqori voltli elektr uzatish liniyasidagi uzilish sababli deyarli butun mamlakat elektr tokisiz qoldi.

Poytaxt Nayrobi hamda qator viloyatlarda elektr toki o‘chgan.

«Kenya Power» davlat kompaniyasi ma’lum qilishicha, Tana daryosidagi Kiambere GESdan milliy tarmoqqa elektr uzatuvchi Kiambere – Embakasi uchastkasining 220-kilometrida  mahalliy vaqt bilan soat 10:45 atrofida ustunlarning qulab tushishi hodisaga sababchi bo‘lgan.

Kompaniya tiklanish ishlari ketayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun: Keniya hududi — 580,367 kvadrat kilometr, aholisi — salkam 55 million kishi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring