Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika hibsxonasi sovuq ekan

Amerika hibsxonasi sovuq ekan

Foto: «RBK»

«Boshqa davlat foydasiga xizmat qilganlik»da ayblanib, AQShda qo‘lga olingan Mariya Butina hisbxona sovuqligidan shikoyat qildi. Bu haqdagi xabar AQShdagi Rossiya elchixonasining «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tarqatildi. Rus diplomatlari Mariya Butina saqlanayotgan hibsxonaga borib, ayol bilan uchrashganlar. «Butina  kamera sovuqligidan aziyat chekmoqda, — deyiladi manbada, — uch oydirki u «odinochka»da o‘tribdi».

Butinani hibsxonaning «alohida rejimi»dan «umumiy rejim»dagi  koloniyasiga o‘tkazish haqidagi ariza 25-dekabr kuni rad etilgan edi. Bundan ayolning otasi qattiq xavotirga tushmoqda. Negaki, arizaning rad etilishi ayol keyingi yilning 12-fevraligacha «odinochka»da qolishini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada uyushtirilgan matbuot anjumanida prezident Vladimir Putin Butina «Amerikada yashab, Rossiya davlat organlarining hech qanday topshiriqlarini bajarmaganini» alohida ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring