Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika kompaniyalari Xitoydan chiqib ketmoqda

Amerika kompaniyalari Xitoydan chiqib ketmoqda

Foto: «Stock Markets Group»

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Vashington Xitoydan keltirilayotgan mollarga boj sola boshlaganidan so‘ng bu mamlakatni tark etayotgan Amerika kompaniyalari  soni ko‘paymoqda.

Tadbirkorlar o‘z ishlab chiqarishini boshqa Osiyo mamlakatlariga, masalan, Vetnamga ko‘chirib o‘tishyapti, bunga, AQSh prezidentining fikricha, faqat Pekin aybdor. Vashingtonning yaxshigina savdo bitimini rad etdi.

«Shundan so‘ng men dedim: okey, unda biz bojlarni ko‘taramiz», — «Fox News» Trampdan shunday iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 10 maydan Xitoydan olib kelinayotgan 5 700 nomdagi mollar uchun bojni 10 foizdan birato‘la 25 foizga oshirgandi. Bu bir yilda taxminan 200 milliard dollarlik mahsulot bojga tortilishini anglatadi.

Bunga javoban Xitoy ham AQSh tovarlariga yangi bojlar joriy etishga va’da berdi. Savdo urushi davom etadi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring