Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Eron yadrosi bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga javoban Eron parlamentida AQSh bayrog‘i yoqib yuborildi

AQSh Eron yadrosi bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga javoban Eron parlamentida AQSh bayrog‘i yoqib yuborildi

Foto: «rusvesna.su»

Kecha, 8-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Eron yadrosi bo‘yicha kelishuvdan chiqqanini bildirdi. «Ushbu kelishuv faqat bir davlat mafaatlarini ifodalaydi va hech qachon tinchlik keltirmaydi», — degan Tramp. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

AQSh prezidenti shuningdek Eronga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etishini ma’lum qilgan.

Tramp mazkur qarorni qabul qilgach, Eron parlamenti deputatlari qog‘ozdan tayyorlangan AQSh bayrog‘ini norozilik belgisi sifatida yoqib yuborishgan. Bu haqda «Assosiated Press» ma’lum qilgan.

Eron Trampning qarorini noqonuniy deya baholagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring