Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh havo kuchlari Yamanga yangi zarbalarni berdi

AQSh havo kuchlari Yamanga yangi zarbalarni berdi

Amerika samolyotlari Yamandagi husiylarga qarshi yangi zarbalar berdi. Bu haqda CNN telekanali AQSh hukumati rasmiylarining ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Yamanning «Al Masirah» telekanali harbiy samolyotlar mamlakat poytaxti Sana shahriga yangi zarba bergani haqida xabar bergan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt shimolida portlash ovozlari eshitilgani haqida ma’lum qilingan. Hozircha hodisalar haqida batafsil ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni ham AQSh va Britaniya havo kuchlari Yamandagi bir qator ob’yektlarga zarbalar bergan. Husiylar rasmiysi buning uchun o‘ch olinishini va’da qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring