Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Oliy sudi hujjatsiz migrantlar bo‘yicha Trampga «yon berdi»

AQSh Oliy sudi hujjatsiz migrantlar bo‘yicha Trampga «yon berdi»

Foto: Getty Images

AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga hujjatsiz migrantlarni uchinchi mamlakatlarga favqulodda deportatsiya qilish dasturini qayta tiklashga ruxsat berdi.

Ushbu protseduraga ko‘ra, ularga deportatsiyaga qarshi chiqish imkoniyati berilmaydi, deb xabar beradi Reuters.

​Sudyalar ma’muriyatdan migrantlarga oldindan xabar berish va ular yuborilayotgan mamlakatlarda hayotlari xavf ostida ekanligini isbotlash imkoniyatini berishni talab qiladigan quyi sud qarorini vaqtincha bekor qilishdi. Tramp ma’muriyati bu talab Qo‘shma Shtatlardan «chet elliklarni samarali ravishda chiqarib yuborish»ga to‘sqinlik qilganini ta’kidladi.

​Qaror Oliy sud ishni ko‘rib chiqayotgan paytda kuchda qoladi. Sudyalar dekabr oyida og‘zaki bahslarni eshitishlarini aytishdi.

​Reuters xabar berishicha, Oq uy hozirgacha 25 000 dan ortiq migrantni chiqarib yubordi. Deportatsiya qilinganlarni Janubiy Sudan, Uganda, Ekvatorial Gvineya, Liberiya, Markaziy Afrika Respublikasi va AQSh tegishli shartnomalar tuzgan boshqa mamlakatlar qabul qilmoqda. Vashington ko‘pincha noqonuniy immigrantlarni Meksikaga yuborgan.

​Oq uy advokatlarining ta’kidlashicha, bu mamlakatlarga deportatsiyaga qarshi individual petitsiyalar keraksiz. Ma’muriyat rasmiylari immigrantlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlar allaqachon hech kimni ta’qib qilmaslik yoki qiynoqqa solmaslik majburiyatini olganliklarini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring