Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh qachon Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi?

AQSh qachon Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi?

Foto:«Time»

AQSh agar Rossiya Donbassdagi harbiylarni olib chiqsa va Qrimni Ukrainaga qaytarsa sanksiyalarni bekor qiladi. Bu haqda AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli ma’lum qilgan.

Xeylining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Fransiya, Germaniya va Ukraina bilan hamkorlikda Ukraina sharqida tinchlik o‘rnatish ustida ishlamoqda. «Rossiya haqiqiy hamkorlikdan voz kechdi va bizning harakatlar yanvardan keyin to‘xtab qoldi», — deya Xeylining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Lenta.ru».

2014-yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olingach, Yevropa ittifoqi va AQSh buni «agressiya» deya baholab, bir qator cheklovlarni joriy etishgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring