Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Adliya vazirligi Trampning villasida o‘tkazilgan tintuv sabablarini aytishdan bosh tortdi

AQSh Adliya vazirligi Trampning villasida o‘tkazilgan tintuv sabablarini aytishdan bosh tortdi

Kecha, 16-avgust kuni AQSh Adliya vazirligi o‘tgan hafta AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp qarorgohida favqulodda tintuv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.

«Bunday tafsilotlarning oshkor etilishi tergovga xalaqit berishi va guvohlarning xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin», — deyiladi vazirlik izohida.

Ommaviy axborot vositalari hujjatning voqealar uchun «tarixiy ahamiyatga ega» ekanligini ta’kidlab, uni e’lon qilishga chaqirdi, deb yozadi Washington Post.

Guardian gazetasi esa, hujjatlarning e’lon qilinishi Trampga qarshi olib borilayotgan tergov miqyosini ochib berishi mumkinligini yozmoqda.

Bungacha, 12-avgust kuni AQSh Bosh prokurori Merrik Garland (Adliya vazirligi rahbari) aksincha, sudni tintuv sababini oshkor qilishga chaqirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring