Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Turkiyaga qarshi urush ochmoqchimi?

AQSh Turkiyaga qarshi urush ochmoqchimi?

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning harbiy harakatlar xususidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

22-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida turk diplomati Suriyada davom etayotgan «Tinchlik bulog‘i» harbiy operatsiyasi xususida ma’lumot berdi. U, ayni choqda, AQSh tashqi siyosat mahkamasi rahbarining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan fikriga ham javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, 21-oktyabr kuni  CNBC telekanaliga intervyu bergan Mayk Pompeo prezident Donald Tramp zarurat tug‘ilsa, Turkiyaga qarshi harbiy kuch ishlatishi mumkinligini aytgan edi.

Ushbu bayonot ortidan AQSh va Turkiya o‘rtasida harbiy ziddiyat muqarrarligi haqida ovozalar tarqaldi.

Elchi Mehmet Surayyo Erga ko‘ra, tarjima jarayonida M.Pompeoning fikrlari chalkash talqin etilmoqda. 

«Buni tarjimonlarning odatiy xatosi deb atagan bo‘lar edim. AQSh Davlat kotibi kabi yuqori martabali mansabdor bunday puxta o‘ylanmagan bayonot berishi mumkin emas. Biz uchun yozma bayonotlar muhim. Qolaversa, yaqindagina Turkiya va AQSh «Tinchlik bulog‘i» harbiy amaliyoti yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu jihatdan ham biz urush haqidagi bayonotlarni haqiqatga mos emas deb bilamiz», – dedi turk diplomati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring