Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSH «UNESCO»dan rasman chiqib ketdi

AQSH «UNESCO»dan rasman chiqib ketdi

Foto: «Korrespondent.net»

AQSH BMTning «UNESCO» tashkilotidan rasman chiqib ketdi. Tashkilotning nizomi bilan mamlakatning «UNESCO»dan chiqishi haqidagi qaror rasman kuchga kirdi.

AQSHning fikriga ko‘ra, tashkilot antiisroilcha siyosat yuritmoqda va tashkilotni qaytadan tashkillashtirish lozim. AQSH tashkilotga Falastin kiritilganidan norozi.

Tashkilotdan chiqib ketgach, AQSH unga a’zolik badali to‘lamaydi va «UNESCO»ning butunjahon merosi qo‘mitasiga saylana olmaydi. Ammo mamlakat kuzatuvchi maqomini saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring