Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda abort taqiqlandi

AQShda abort taqiqlandi

AQSh Oliy sudi ayollarning abort qilish huquqini himoya qiluvchi 1973 yilgi Oliy sud qarorini bekor qilgan.

Oliy sudning yangi qaroriga ko‘ra, ayollarning abort huquqi konstitutsiyada tilga olinmagan va shu bois bu masalani hal qilish shtatlarning ixtiyoriga havola qilingan.

AQShda avvalgi sud qarorlarini bekor qilish juda kamdan-kam hollarda yuz beradi. Sud qarorlari pretsedent sifatida qonun bilan deyarli bir xil kuchda bo‘ladi.

Shu paytgacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, shtatlar abortni taqiqlovchi qonun qabul qilishi mumkin emas edi. Yangi qaror ortidan respublikachilar hukmronlik qiluvchi kamida 26 shtatda abortni taqiqlovchi qonunlar kuchga kirishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring