Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda «Florens» qurbonlari soni oshib bormoqda

AQShda «Florens» qurbonlari soni oshib bormoqda

Foto: «RIA Novosti»

AQShning Shimoliy va Janubiy Korolina shtatlariga yopirilgan «Florens» dovuli qurbonlari soni 43 kishiga yetdi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Shimoliy Korolina meri Roy Kuperning bayonotida aytilishicha, kecha kechki paytki holat bo‘yicha shtatda tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni 32 kishiga  yetgan. Qolgan 11 kishi Janubiy Korolina va Virjinia shtatlari aholisi.

Milliy to‘fon markazi tabiiy ofat tezligi soatiga 56 kilometrgacha pasayishi sababli uni «Tropik depressiya» holatiga tushirdi.

Ofat tufayli Shimoliy va Janubiy hamda Virjinia shtatlaridagi ko‘plab uylarni suv bosgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring