Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Putinning Trampga ta’siri haqida film ko‘rsatiladi (video)

AQShda Putinning Trampga ta’siri haqida film ko‘rsatiladi (video)

Foto: «korrespondent.net»

AQShda 31 avgust kuni rejissyor Jek Brayanning Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning uzoq yillik munosabatlari haqidagi hujjatli filmi namoyish etiladi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Filmda Rossiyaning 2016 yilda AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqida ham so‘z boradi.

Kartina rejissyorining fikricha, Tramp bir necha o‘n yillardan buyon Putinning «qo‘g‘irchog‘i» bo‘lib kelgan. U Rossiya rahbari 30 yildan buyon kiberhujumlar, tashviqot va korrupsiya yordamida mahfiy siyosiy urush olib borgan degan fikrda.

Filmdan senator Jon Makkeyn, Trampning saylovdagi raqibi Hillari Klinton, AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfolning intervyulari ham joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring