Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning davlat qarzi rekord darajaga yetdi

AQShning davlat qarzi rekord darajaga yetdi

Foto:«Express.co.uk»

AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 22 trillion dollarga yetdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabarida aytilmoqda.

Ayni damda qarzning aniq miqdori 22,012 trillion dollarni tashkil etib, fevralning boshidan beri avvalgi natijaga nisbatan 90 milliard dollarga ko‘paygan.

Bundan tashqari, oxirgi 11 oylikda davlat qarzi bir trillion dollarga o‘sgan.

«USA Today»ning yozishicha, Donald Tramp prezidentligi davrida davlat qarzi shiddat bilan o‘smoqda. Bunga yangi soliq islohotlari, mudofaa xarajatlarining oshib borishi ham sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq, AQSh davlat budjeti defitsiti 2018-yilda 17 foziga o‘sgani va 779 milliard dollarni tashkil etgan ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring