Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sahnalashtirilgan «qotillik». Rus jurnalisti tirik bo‘lib chiqdi

Sahnalashtirilgan «qotillik». Rus jurnalisti tirik bo‘lib chiqdi

Foto: «RBK»

Kiyevda Ukraina telekanallaridan birida boshlovchilik qiluvchi rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko otib ketilgani xabar qilingan edi.

Endi ma’lum qilinishicha, jurnalist o‘ldirilmagan va u mamlakat maxsus xizmatlarining operatsiyasida ishtirok etgan, deb xabar bermoqda «Meduza».

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Babchenkoning o‘ldirilishi» UXXning maxsus operatsiyasi bo‘lgan.

Aytilishicha, Rossiya maxsus xizmatlari Babchenkoning o‘ldirilishi uchun 40 ming dollar va’da qilgan. Bundan dastlab Babchenkoning o‘zi xabar topgan, so‘ng Ukraina maxsus xizmatlariga ma’lum qilgan. Shunda u maxsus xizmat xodimlari bilan kelishgan holda o‘z o‘limining inssenirovkasida qatnashishga, shu yo‘l bilan buyurtmachini fosh qilishga va ijrochini qo‘lga olishga yordam berishga rozi bo‘lgan.

30 may kuni u matbuot anjumanida ishtirok etdi. Anjumanda u rafiqasidan uzr so‘radi.

Buyurtmani olgan va «amalga oshirgan» yollanma qotil qo‘lga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring