Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada yovvoyi it 1 yoshli bolani o‘g‘irlab ketdi

Avstraliyada yovvoyi it 1 yoshli bolani o‘g‘irlab ketdi

Foto: «Globallookpress.com»

Avstraliyaning Kvinslend shtatiga qarashli orolda yovvoyi dingo iti 1 yoshli bolani o‘g‘irlab ketdi. Hodisa 18 aprel, payshanba kuni ro‘y bergan.

Tajovuzkor it g‘ildirakli uyga (treyler) kirgan va uxlab yotgan bolani olib chiqib ketgan. Faqat bolaning baland ovozda yig‘lab yuborishi uni qutqarib qoldi. Ota-ona uning yig‘isiga uyg‘onib ketgan, bu vaqtda yovvoyi it uni tashqariga olib chiqib bo‘lgan edi. Ota darhol o‘g‘lini qutqarishga shoshiladi va dingo itining og‘zidan tortib oladi.

19 aprelga o‘tar kechasi bolani vertolyotda kasalxonaga yetkazib kelishgan. It unga zarar yetkazishga ulgurgan va bolakayning oyog‘i, tanasi va boshida jarohatlar bor edi. Ayni vaqtda uning holati barqaror.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Yedjon qishlog‘ida leopard kechasi 4 oylik bolani olib ketib, burdalab tashlagan edi. Oila kechasi tashqarida uxlagan va leopard sezdirmay kelib, bolani olib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring