Avtobus jarlikka qulashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Mamlakat shimolidagi Uttarakxand shtatida tog‘li hududda ketayotgan avtobus jarlikka qulashi oqbatida 48 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab yo‘lovchilar yaralangan.
Halokatga haydovchining avtobusni boshqarolmay qolgani sabab bo‘lgan. Avtobusga me’yoridan ortiq yo‘lovchi chiqib olgan ekan.
Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv guruhi a’zolari yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter