Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bashar Asad butun Suriya ustidan nazorat o‘rnatmoqchi

Bashar Asad butun Suriya ustidan nazorat o‘rnatmoqchi

Bashar Asad.

Foto: «inosmi.ru»

«Suriya prezidenti Bashar Asad Suriya hukumati butun Suriya ustidan, jumladan Idlib viloyati ustidan ham nazoratni qo‘lga kiritishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi», — deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».

Suriya rahbari bu ishni harbiy yo‘l bilan amalga oshirishga to‘g‘ri kelishini aytdi. Chunki ayrim hududlarda terrorchi guruhlar faoliyati davom etayotgani bunga sabab bo‘lmoqda.

«Urushdan yomon narsa yo‘q, o‘ylaymanki, har bir suriyalik bu fikrimga qo‘shiladi. Ammo ba’zan boshqa yo‘l ham qolmaydi», — dedi Asad.

Shuningdek u mamlakatning bir qator viloyatlarida hukumat tinchlikka erishishga harakat qilayotganini ham ta’kidladi.

«Murosa eng yaxshi variant, biz buni doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo u ish bermagan joyda kuch ishlatishga to‘g‘ri keladi», — deya qo‘shimcha qildi Asad.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring