Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Benazir Bxuttodan keyingi ikkinchi bosh vazir

Benazir Bxuttodan keyingi ikkinchi bosh vazir

Foto: «News.com.au»

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Bxuttodan keyin hukumat rahbari sifatida farzandli bo‘lgan ikkinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

37 yoshli siyosatchi Jasinda Ardern Oklend shahar shifoxonasida qiz farzandni dunyoga keltirgani ma’lum bo‘ldi.

Jasinda Ardern 6 haftalik tug‘uruq ta’tiliga chiqadi. Uning o‘rniga hukumatni bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Uinston Peters boshqarib turadi.

Benazir Bxutto 1990-yili bosh vazirlik paytida qizi Baxtiyor Botto Zardoriyni dunyoga keltirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring