Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts birinchi marta dunyoning «eng boy ikki insoni» safidan chiqib ketdi

Bill Geyts birinchi marta dunyoning «eng boy ikki insoni» safidan chiqib ketdi

Foto: «Mashable»

«Microsoft» kompaniyasi asoschisi milliarderlar indeksi yetti yillik tarixida ilk marotaba uchinchi o‘ringa pastladi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Geytsning «ikkinchi o‘rni»ga «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalari guruhi prezidenti Bernar Arno ko‘tarildi. «LVMH» sof qiymati 107,6 milliardga oshgani fransuzning amerikalik biznesmendan 200 mln. dollarga o‘zib ketishiga asos bo‘ldi.

Arno o‘tgan yili Yevropaning eng boy kishisi sifatida e’tirof etilgandi.

Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, agarda pullarini xayriyaga ishlatmaganida Bill Geyts jahondagi eng boy inson maqomini hozir ham saqlab turgan bo‘lardi. U Bill va Melinda Geyts xayriya jamg‘armasiga shu paytgacha 35 milliard dollar o‘tkazib bergan.

Eng boy insonlar ro‘yxati yetakchisi — «Amazon» asoschisi Jeff Bezosning boyligi 125 milliard dollarga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring