Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boeing Afrikadagi halokatdan so‘ng milliardlab dollar yo‘qotmoqda

Boeing Afrikadagi halokatdan so‘ng milliardlab dollar yo‘qotmoqda

Foto: «Reuters»

Boeing kompaniyasi Afrikadagi aviahalokatdan so‘ng milliardlab dollarlik shartnomadan mahrum bo‘lmoqda. Indoneziyaning Garuda Indonesia aviakompaniyasi ikki o‘rtadagi shartnomani bekor qilmoqchi.

Boeing kompaniyasi Garuda Indonesia uchun Boeing 737 Max samolyotidan 49 ta yetkazib berishi lozim edi. Xarid narhi esa bir necha o‘n milliard dollarni tashkil etishi kerak bo‘lgan. Ammo ushbu shartnoma bekor qilinmoqda.

— Biz shartnomani bekor qilishni so‘rab Boeing kompaniyasiga xat yo‘lladik. Garuda Indonesia yo‘lovchilari bu kompaniya samolyotlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan va Boeing 737 Max samolyotida uchishni istamaydi, — deydi aviakompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi olti oy davomida Boeing 737 Max samolyoti ikki marta halokatga uchradi va umumiy hisobda 346 odam halok bo‘ldi. Oxirgi marta 10 mart sanasida Efiopiyada shunday fojea ro‘y berdi. Samolyot Addis-Abebadagi aeroportdan yo‘lga chiqqach 6 daqiqa o‘tib halokatga uchragan. Bortda bo‘lgan 157 insonning barchasi halok bo‘ldi. Ular orasida 33 mamlakat fuqarolari bo‘lgan.

Shundan so‘ng dunyodagi 30 aviakompaniya Boeing 737 Max samolyotlaridan foydalanishdan voz kechdi. Boeing 737 Max — Boeing 737 samolyotlarining eng yangi avlodi bo‘lib, 2017 yildan foydalanishga topshirilgan. Ushbu model kompaniya tarixida eng yaxshi sotilayotgan samolyot hisoblanardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring