Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya politsiyasi «BBC» binosi yonida portlash sodir etdi

Britaniya politsiyasi «BBC» binosi yonida portlash sodir etdi

Foto: «Korrespondent.net»

Buyuk Britaniya politsiyasi Londondagi «BBC» korporatsiyasi binosi oldida turgan miniven avtomobilini portlatib yubordi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Aytilishicha, portlash shubhali buyumlarni qidirish doirasida amalga oshirilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, avtomobil portlovchi qurilmalarni topish va bartaraf etishga mo‘ljallangan o‘zi yuruvchi robot tomonidan portlatilgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, soat tahminan 15:15da Portlend-Pleysdagi bino yonida turgan shubhali transport vositasi haqida xabar kelib tushgan. Portlashni amalga oshirish chog‘ida teleradiokompaniya xodimlaridan derazalarga yaqinlashmaslik so‘ralgan. Shuningdek, bino kirish va chiqish uchun vaqtincha yopib qo‘yilgan.

https://korrespondent.net/world/4007260-v-brytanyy-polytsyia-vzorvala-avto-u-zdanyia-BBC

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring