Britaniya Ukrainaga qo‘shimcha Storm Shadow raketalarini yetkazib bermoqchi
Buyuk Britaniya qish boshlanguniga qadar Ukrainaga uzoq masofaga mo‘ljallangan Storm Shadow qanotli raketalarining qo‘shimcha partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurol yetkazib berish masalasi 14-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Londonga tashrifi chog‘ida Britaniya bosh vaziri Endi Byornem bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda muhokama qilingan.
Biroq London hozircha yangi raketalar yetkazib berilishi haqida rasmiy bayonot bermagan. Britaniya hukumati Bloomberg so‘roviga izoh berishdan bosh tortgan.
Storm Shadow – MBDA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan, havodan uchiriladigan yuqori aniqlikdagi qanotli raketa. Uning uchish masofasi 250 kilometrdan oshadi. Raketa past balandlikda harakatlanishi sababli uni havo mudofaasi tizimlari orqali to‘xtatish murakkab hisoblanadi.
Avvalroq The Telegraph nashri Britaniya Ukrainaga Storm Shadow raketalarining ayrim qismlarini mustaqil ishlab chiqarish imkonini beruvchi maxfiy texnik chizmalarni taqdim etgani haqida xabar bergan edi.
Bloomberg‘ning yozishicha, yangi yetkazib berish rejasi AQSh va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter