Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik qiziqchi sahnada insult haqida hazil qilib turgan joyida vafot etdi

Britaniyalik qiziqchi sahnada insult haqida hazil qilib turgan joyida vafot etdi

Foto: «Google.com»

Britaniyalik qiziqchi Yan Kognito sahnada insult haqida hazil qilib turgan joyida vafot etdi. Kasallik xuruj qilgan vaqtda tomoshabinlar buni sahna ko‘rinishining bir qismi sifatida qabul qilgan va yordamga kech qolishgan.

Baxtsiz hodisa 11-aprelda Oksfordshirdagi komediya tadbirida ro‘y berdi. Kognito sahnada bo‘lgan vaqtda insult kasalidan so‘ng o‘ziga kelib, uelsliklar tilida gapira boshlaganini aytgan. Sahnaga chiqqach, 10 daqiqa o‘tib o‘zini yomon his qilgan qiziqchi stulga o‘tirib qolgan va bir necha daqiqa jim qolgan.

Tomoshabinlar buni ham hazilning bir qismi sifatida qabul qilishdi va hech kim yordamga oshiqmadi. Faqat oradan bir necha daqiqa o‘tib Kognitoning ahvoli og‘irligini sezib qolishdi va tez yordam chaqirildi. Ammo shifokorlar yordamga kech qolgandi.

Yan Kognito faoliyatini 1980-yillar o‘rtasida boshlagan edi. U 1999-yilda «Time Out Award» sovrinini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring