Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun har ikki Koreyada bayram (foto) 

Bugun har ikki Koreyada bayram (foto) 

Foto: AP

15-avgust Shimoliy va Janubiy Koreyada Ozodlik kuni yoki Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Bayramning nomi Koreya Respublikasida «Kvanbokchol», KXDRda — «Chogukxebani-nal».

Choson sulolasi bilan Kanxvado orolida tinchlik bitimi imzolangan 1876-yildan boshlab Yaponiyaning Koreyaga ta’siri kuchayib borgan. 1905-yili Yaponiya Koreya ustidan protektorat o‘rnatgan. 1910-yildan 1945-yilga qadar esa Koreya Yaponiyaning mustamlakasiga aylangan. Bu yillarda koreys xalqi milliy bosimga uchragan, siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan, o‘z yozuvi, ona tilida muloqot qilish taqiqlangan edi.

Ikkinchi jahon urushi davrida, 1943-yil noyabridagi Qohira konferensiyasida Yaponiya mustamlakalari taqdiri ham muhokama qilingandi. AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro bir to‘xtamga kelgan: Yaponiya harbiy kuch ishlatib egallab olgan barcha hududlaridan mahrum etilishi kerak edi. Keyinchalik Qohira deklaratsiyasiga sobiq Ittifoq ham qo‘shilgan.

1945-yilning 15-avgustida yapon imperatori taslim bo‘lgani haqidagi xabar Koreyaga yetib keldi. Yarimorol ozodlikka erishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring